Xorijga chiqishdan avval buni bilishingiz shart!

Konsullik roʻyxati — haq-huquqlaringiz kafolati
Bugungi globallashgan dunyoda millionlab insonlar taʼlim, mehnat, biznes yoki sayohat sababli oʻz mamlakatidan tashqarida yashamoqda. Shu sharoitda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni chet elda qoʻllab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda.
Doim yodingizda tuting — Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari fuqarolarimiz uchun mamlakatimizning bir boʻlagi. Konsullik roʻyxati shunchaki rasmiy protsedura emas. Bu chet elda boʻlib turgan har bir fuqaro uchun xavfsizlik, huquqiy himoya va davlat qoʻllab-quvvatlashining aniq mexanizmi.
Qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar, konsullik hisobida turish sizga ishonch, xotirjamlik va davlat eʼtiborini his etish imkonini beradi.
Batafsil - https://dunyo.info/ru/culture/konsullik-royxati-haq-huquqlaringiz-kafolati
Ro'yxatdan o'tish uchun - consulate.mfa.uz
Murojaat uchun - tel: 13249700996