Toshkentda O‘zbekiston va Turkiyaning uchta vazirlik va idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
2024-yil 12-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiyaning tashqi va ichki ishlar vazirliklari hamda maxsus xizmat idoralari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga asosan o‘tkazildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish zarurligiga alohida ahamiyat qaratildi.
https://mfa.uz/36358