Uzbekistan Airways Toshkent – Pekin – Toshkent aviaqatnovi qayta tiklandi
2023-yilning 10-yanvar kuni Uzbekistan Airways uch yillik tanaffusdan so‘ng yana Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishida amalga oshiradi. Toshkentdan Xitoy poytaxtiga muntazam reyslar COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Toshkent – Pekin ilk qatnovi barcha sanitariya-epidemiologiya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Uzbekistan Airways Toshkent va Pekin o‘rtasidagi muntazam reyslarni tiklash niyatida. Bu esa o‘z navbatida, yo‘lovchilar uchun katta imkoniyat va mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
Toshkent – Pekin – Toshkent aviaqatnovlari haftaning seshanba kunlari amalga oshiriladi. Uzbekistan Airways joriy yilning fevral oyidan aviaqatnovlarni haftada ikki marotaba bajarilishini rejalashtirgan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilar Pekinga borishlari uchun quyidagi talablarni eslatib o‘tadi:
- viza (mehnat, ta’lim, sayohat va boshqalar);
- Xitoyga borishdan 48 soat oldin COVID-19 testidan o‘tishi, test salbiy bo‘lishi kerak – bu Xitoyga kirishning yagona talabidir.